Riyadda uyushtirilgan Ko'rfaz hamkorlik kengashi sammiti o’z nihoyasiga yetdi

Saudiya Arabistoni poytaxti Riyadda uyushtirilgan 39-Ko'rfaz hamkorlik kengashi sammiti o’z nihoyasiga yetdi.

1103585
Riyadda uyushtirilgan Ko'rfaz hamkorlik kengashi sammiti o’z nihoyasiga yetdi

Saudiya Arabistoni poytaxti Riyadda uyushtirilgan navbatdagi Ko'rfaz hamkorlik kengashi sammiti o’z nihoyasiga yetdi.

Ko'rfaz hamkorlik kengashi a’zolari 2025-yilgacha iqtisodiy tarmoqda ittifoqning ta’minlanishi uchun mushtarak Ko’rfaz bozori oldidagi barcha to’siqlarning yo’q qilinishi va Birlashgan Ko’rfaz harbiy qo’mitasining yo’lga qo’yilishi uchun kerakli protseduralarning jadal tezlik bilan tamomlanishini talab qildi.

Bosh kotib Abdullatif az-Zayoniy tomonidan o’qib eshittirilgan yakunlovchi bayonotiga ko’ra a’zo davlatlar Ko'rfaz hamkorlik kengashiga qanchalik bog’lik ekanligini ta’kidlagan.

Bayonotda, mintaqadagi muammolarga qarshi kurashdagi Ko'rfaz hamkorlik kengashining o’rni, kuchi va a’zolarining birlik masalasidagi xohishi ham ta’kidlangan.

Shuningdek ekstremizmga qarshi kurash masalasida huquqning ustivorligiga bog’liq qolish va Ko'rfaz hamkorlik kengashining terrorizmga qarshi kurashda xalqaro sheriklari bilan birgalikda kurash olib borishini talab qilingan bayonotda mintaqaviy va xalqaro say-harakatlardan uzoq qolish uchun a’zo davlatlarning mushtarak tashqi siyosat belgilab olishining muhim ekanligi qayd etilgan.

Bayonotda undan tashqari Falastin masalasi bilan Yamanning qo’llab-quvvatlanishi va do’st davlatlarga bo’lgan yordamlarning davom etishi ta’kidlangan.

Bayonot yakunida navbatdagi sammitda (40) Birlashgan Arab Amirliklarining yetakchilik qilishi ma’lum qilingan.

Sammitda Quvayt Amiri Shayx Saboh al-Ahmad al-Jobir as-Saboh va Bahrayn Qiroli Hamad bin Iso al-Halifa ham ishtirok etgan. Qatar, BAA va Ummon nomidan liderlar ishtirok etmagan.  

Saudiya Arabistoni qiroli Salmon bin Abdulaziz Qatar Amiri Tamim bin Hamad al-Soniyning sammitda ishtirok etishi uchun taklifnoma yuborgan lekn al-Soniy ishtirok etmagan.



 

 



Aloqador xabarlar