Iroqdagi AQSh elchixonasi Amerika fuqarolarini Iroqqa sayohat qilmaslikka chaqirdi

“Iroqning terror tashkiloti DAIShdan ozod etilganligiga 1 yil to’lganligi munosabati bilan Bog’dodda solyut namoyishlari o’tkaziladi. Ayni vatqda quroldan o’q uzish holatlari ham kuzatilishi mumkin",-deyiladi bayonotda.

1103948
Iroqdagi AQSh elchixonasi Amerika fuqarolarini Iroqqa sayohat qilmaslikka chaqirdi

Iroqda faoliyat ko’rsatgan AQSh elchixonasi AQSh fuqarolarini Iroqqa sayohat qilmaslikka chaqirdi.

Bu haqda AQSh elchixonasi yozma bayonot berdi.

“Iroqning terror tashkiloti DAIShdan ozod etilganligiga 1 yil to’lganligi munosabati bilan himoyalangan “Yashil hudud” va poytaxt Bog’dodning turli ko’chalarida solyut namoyishlari o’tkaziladi. Ayni vatqda quroldan o’q uzish holatlari ham kuzatilishi mumkin”,-deyiladi bayonotda.

Shu bilan birga, AQSh elchixonasi fuqarolarini Iroqqa sayohat qilmaslik bo’yicha ogohlantirar ekan, ayni paytda Iroqda bo’lgan amerikaliklarni esa, tashqariga chiqmaslikka va o’ta ehtiyotkorlik bilan harakat qilishga chaqirdi.

Eslatma: Iroq bosh vaziri Odil Abdulmehdi terror tashkiloti DAISh ustidan g’alaba qozonilganligiga 1 yil to’lganligi munosabati bilan 10 dekabr kunini rasmiy dam olish kuni deb e’lon qilgan edi.

Shu munosabat bilan mamlakatning turli shahar va viloyatlarida bayram tadbirlari o’tkazilishi rejalangan edi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Iroq , #AQSh elchixonasi , #Bog'dod , #DAISh

Aloqador xabarlar