Iroq ertaga DEAShga qarshi kurashdagi g’alabaning birinchi yilligini nishonlaydi

Iroq ertaga 10-dekabr kuni, DEASh terror tashkilotiga qarshi kurashdagi g’alabaning birinchi yilligini nishonlaydi

1103323
Iroq ertaga DEAShga qarshi kurashdagi g’alabaning birinchi yilligini nishonlaydi

Iroqda DEASh terror tashkilotiga qarshi kurashdagi g’alabaning birinchi yilligi munosabati bilan 10-dekabr yani ertaga rasmiy dam olish kuni deb e’lon qilindi.

Iroq Bosh vaziri Odil Abdulmahdiyning shu haqida yozma ravishda bergan bayonotiga ko’ra, DEASh terror tashkilotiga qarshi kurashdagi g’alabaning birinchi yilligiga teng keladigan haftaning dushanba kuni rasmiy dam olish kuni deb e’lon qilingan. Shu tufayli ertaga yurtning to’rt burchagida shu jumladan davlat organlarida bayroqlarning ko’tarilishi, ko’chalarda, uy-joylaru mashinalarda bayroq osib qoyilishi qayd etilgan.

Ertaga mahalliy vaqt bilan 13:00 da yurt bo’ylab 1 daqiqalik sukut saqlanishi haqida buyruq ham bergan Abdulmahdiy, kechki payt fuqarolarning ko’chalarda mazkur bayramni nishonlashini ham ifoda etdi.

Bosh vazir Abdulmahdiy ertaga xalqqa xitoban videokonferentsiya ham o’tkazmoqchi.

Rasmiylardan olingan ma’lumotga ko’ra ertaga shuningdek hukumat binolari va ba’zi chet el vakolatxonalari o’rin olgan Bog’dodning kuchli qo’riqlanadigan “Yashil hudud”larining bir bo’lagi ham xalq uchun ochiladi.

Iroqdagi Kurd muhtoriyatida esa ertaga rasmiy dam olish kuni bo’lmaydi.

Sobiq Iroq Bosh vaziri Haydar al-Abadiy o’tkan yili 9-dekabr kuni Iroq tuproqlarining DEASh terror tashkilotidan butunlay qutqarilganligini, tashkilotga qarshi g’alabaga erishilganligini ma’lum qilgan edi.



Aloqador xabarlar