Nigeriyada chaqaloqlarning 70 % qayd etilmaydi

Nigeriyada tug'ilgan chaqaloqlarning 70 % qayd etilmaydi.

1102333
Nigeriyada chaqaloqlarning 70 % qayd etilmaydi

 

Nigeriyada tug'ilgan chaqaloqlarning 70 % qayd etilmaydi.

Nigeriya Aholi soni komissiyasi Bauchi viloyati rahbari Musa Rashid, o'lkada yangi tug'ilgan chaqaloqlarni qayd etish mavzusida katta muammolar bo'lganini bildirib, "O'lkada xomilador ayollarning faqat 30 % tibbiy ko'rikdan o'tmoqda va chaqaloqlarini ro'yxatga kiritmoqda. Qolgan 70 % esa uyda tug'ib ro'yxatga kiritmaydi" dedi.

Ro'yxatga kiritilmagan chaqaloqlarning asosan qishloqlarda tug'ilganiga diqqat qaratgan Rashid, chaqaloqlarni qayd etish mavzusida jamoatchilikning to'liq ma'lumot egasi bo'lmaganini bildirdi.

Rashid, o'lka bo'ylab insonlarning chaqaloqlarini ro'yxatga kiritish maqsadida faoliyatlar olib borilganini bildirib Birlashgan Millatlar Bolalarga Yordam Fondi (UNICEF) bilan qo'shma loyihalar olib olib borganliklarini ta'kidladi.

Tahminan 200 million aholisi bo'lgan Nigeriya, dunyoda aholi soni jihatidan yettinchi, Afrikaning esa eng gavjum davlati xususiyatida.

 



Aloqador xabarlar