Fransiyada so’l partiyalar,milliy majlisga ishonchsizlik ovozini taqdim etishga tayyorlanmoqda.

Fransiyada so’l partiyalar, sariq jiletlar yoqilg’ining  narxi oshishi pasaytirish va iqtisodiy shartlarni  yaxshilash maqsadi bilan uyushtirgan noroziliklar haqida milliy majlisga ishonchsizlik ovozini taqidim etishga tayyorlanmoqda

1102313
Fransiyada so’l partiyalar,milliy majlisga ishonchsizlik ovozini taqdim etishga tayyorlanmoqda.

Fransiyada so’l partiyalar, sariq jiletlar yoqilg’ining  narxi oshishi pasaytirish va iqtisodiy shartlarni  yaxshilash maqsadi bilan uyushtirgan noroziliklar haqida milliy majlisga ishonchsizlik ovozini taqdim etishga tayyorlanmoqda.

Fransuz hukumatini  norozilik namoyishi bilan  aloqali jarayonni yaxshi boshqarmaslik bilan ayblagan sotsialist Pari(PS),  Haddan tashqari so’lchi Bo’ysunmagan Fransuz harakati(LFI) va Fransiya Kommunist partiya(PCF), bu namoyishlar haqida dushanba kuni  Milliy majlisga ishonchsizlik ovozi taqdim etishlarini ma’lum qildi.

PS Bosh kotibi Olivier Faure, bergan izohida, dushanba kuni majlisga taqdim etadigan ishonchsizlik ovoz taklifi bilan hukumatga bu muammoni  farqli metodlar bilan yechilish yo’lini  ko’rsatmoqchi ekanini ma’lum qildi.

LFIli demputi Ugo Bernalicis, hukumatni  bu muammoni yaxshi  boshqarmaganini, shu bois  bir yechim  yo’li topish uchun  ishonchsizlik ovozini taqdim etishlarini qayd etdi.

Bahs mavzusi taklifni  milliy majlisda  muzokara qilish uchun  58 nafar  deputatning  imzosi kerak.

Fransiyada yoqilg’i narxining oshishi va iqtisodiy shartlarning  yomonlashishiga  norozilik sifatida 17- noyabrda boshlagan sariq jiletlar namoyishlari  o’lkada  oxirgi yillarning eng shiddatli norozilik namoyishiga aylandi.

Namoyishlarda  boshdan beri sodir bo’lgan voqealar natijasida  3 nafar halok bo’ldi, 222 nafar xavfsizlik xodimi  bilan bir ming kishi tan jarohat oldi va bir ming 424 kishi nazoratga olindi.

 


Tanlangan kalimalar: #Faransiya , #namoyish , #Ishonchsizlik ovozi

Aloqador xabarlar