Eronning Belujiston viloyatida portlash sodir bo'ldi

Xabarga ko’ra, Chabahar shahridagi “Rigi” ko’chasida joylashgan politsiya nazorat markaziga bomba joylashtirilgan transport vositasida hujum sodir etilgan.

1101580
Eronning Belujiston viloyatida portlash sodir bo'ldi

Eron janubi sharqida joylashgan Belujiston viloyatiga qarashli Chabahar shahridagi politsiya nazorat markazida portlash sodir etildi.

Portlashda 3 kishi halok bo’ldi, ko’plab kishi tan jarohati oldi.

Eron davlat televideniyesi bu haqda xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Chabahar shahridagi “Rigi” ko’chasida joylashgan politsiya nazorat markaziga bomba joylashtirilgan transport vositasida hujum sodir etilgan.

“Bugun tongda Chabahardagi politsiya nazorat markaziga sodir etilgan hujumda juda ko’p inson jarohatlandi”,-deydi Belujiston viloyati hokimi Muhammad Hadi Marashi.

Uning ta’kidlashicha, bu hujum bomba ortilgan transport bilan sodir etilgan.

Eron davlat televideniyesi hujumda kamida 3 kishi halok bo’lganligini xabar qildi.

 

 



Aloqador xabarlar