Lindsey Graham:“Valiahd shahzoda Muhammad bin Salmon Qoshiqchi jinoyatining javobgari..."

"Agar, Saudiya hukumati bu odamning qo’lida bo’lsa, bu davlat bilan hamkorlik qilish qiyin, chunki u tentak. Ayni paytda tahlikali va o’zaro munosabatlarni tahlikaga solmoqda”,-deya ta’kidladi Senator Lindsey Graham.

1100716
Lindsey Graham:“Valiahd shahzoda Muhammad bin Salmon Qoshiqchi jinoyatining javobgari..."

AQShda Respublikachi senator Lindsey Graham:“Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon tugagan vaziyatda. Menimcha, u Jamol Qoshiqchi jinoyatining eng katta ishtirokchisidir”,-dedi.

U AQSh markaziy razvedka tashkiloti direktori Gina Haspelning senatda Jamol Qoshiqchi jinoyati bo’yicha o’tkazgan majlisida ishtirok etdi.

Senator Lindsey Graham bu majlisdan so’ng matbuotga qisqacha izoh bildirdi.

“Majlisda aytilgan gaplardan shuni xulosa qilishim mumkinki, valiahd shahzoda Muhammad bin Salmon Qoshiqchi jinoyatining javobgari. Bu masalada AQSh kongressi qattiq turish kerak”,-deydi senator Graham.

“Valiahd shahzoda Muhammad bin Salmon tugagan vaziyatda. U AQShga aslo ishonchli hamkor bo’la olmaydi. U mamlakat boshqaruvida ekan, Saudiya Arabistoniga qurol sotilishini xohlamayman. Qolaversa, Yamandagi urush boshqarib bo’lmaydigan ahvolda. Agar, Saudiya hukumati bu odamning qo’lida bo’lsa, bu davlat bilan hamkorlik qilish qiyin, chunki u tentak. Ayni paytda tahlikali va o’zaro munosabatlarni tahlikaga solmoqda”,-deya ta’kidladi Senator Lindsey Graham.

Uning so’zlariga ko’ra, yuzaga chiqarilgan dalillar aniq va kongress bunga yarasha harakat qilishi kerak.

Eslatma: Saudiyalik jurnalist Jamol Qoshiqchi 2 oktyabrda Saudiya Arabistonining Istanbuldagi konsulxonasida vahshiylarcha o’ldirilgan edi.


 



Aloqador xabarlar