Jazoyirda Saudiya Arabistoni valiahdini kutib olgan bosh vazir tanqidga uchradi

“Saudiya Arabistoni valiahdi Salmonni kutib olgan bosh vazir Ahmad Ouyahia Jazoyirning tashqi siyosat tamoyillarini oyoq osti qildi”,-deydi siyosiy partiya yetakchisi.

1099672
Jazoyirda Saudiya Arabistoni valiahdini kutib olgan bosh vazir tanqidga uchradi

Jazoyirdagi yirik islomiy partiyalardan biri Tinchlik jamiyati harakati rahbari Abdurrazzoq Mukri kecha mamlakatga tashrif buyurgan Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmonni kutib olgan bosh vazir Ahmad Ouyahiani tanqid qildi.

“Saudiya Arabistoni valiahdi Salmonni kutib olgan bosh vazir Ahmad Ouyahia Jazoyirning tashqi siyosat tamoyillarini oyoq osti qildi”,-deydi Abdurrazzoq Mukri.

Uning fikricha, bu jarayonda mamlakatning obro’-e’tibori, manfaatlari, tamoyil va qadriyatlari diqqatga olinmasdan harakat qilingan.

Qolaversa, valiahd shahzodaning tashrifi mamlakatda bir qator doiralarning ham tanqidiga uchragan.

Ba’zi siyosiy partiyalar dunyoda saudiyalik jurnalist Jamol Qoshiqchi jinoyatiga doir tortishuvlar davom etgan bir paytda bu tashrifning vaqti emasligini ilgari surishmoqda.

Valiahd sifatida tayinlanishi ortidan birinchi bor Jazoyirga tashrif buyurgan Salmon kecha poytaxtdagi Houari Boumediene xalqaro aeroportida Jazoyir bosh vaziri Ahmad Ouyahia va ba’zi vazirlar mahkamasi a’zolari tomonidan kutib olingan edi.

Qoshiqchi jinoyati ortidan dastlabki rasmiy ziyoratlarini 22 noyabrda boshlagan shahzoda Salmon BAA, Bahrayn, Misr, Tunis, Argentina, Movritaniya va u yerdan Jazoyirga tashrif buyurgan edi.

Eslatma: Shahzoda Salmon jurnalist Jamol Qoshiqchining vahshiylarcha o’ldirilishi bilan bog’liq tanqidlarga uchragan edi.

AQSh razvedka tashkiloti shahzoda Salmonning Jamol Qoshiqchini o’ldirishga buyruq berganligiga doir dalillar borligini iddao qilgandi.

 



Aloqador xabarlar