Vashingtondagi bir ko'chaga Jamol Qoshiqchining nomi beriladi

Saudiya Arabistonining Vashingtondagi elchixonasi joylashgan "Nyu-Hampshire" bulvarining bir qismiga Jamol Qoshiqchining nomi berilishi qarorlashtirildi.

1097526
Vashingtondagi bir ko'chaga Jamol Qoshiqchining nomi beriladi

Vashingtonda Saudiya Arabistoni elchixonasi joylashgan ko’chaga saudiyalik jurnalist Jamol Qoshiqchining nomi beriladi.

Bu haqdagi qaror mahalliy maslahat komissiyasi tomonidan bir ovozdan qabul qilindi.

AQSh matbuotida tarqatilgan xabarlarga ko’ra, mahalliy maslahat komissiyasi Saudiya Arabistonining Vashingtondagi elchixonasi joylashgan "Nyu-Hampshire" bulvarining bir qismiga Jamol Qoshiqchining nomi berilishiga ruxsat berdi.

Bu qaror saudiyaliklarga Jamol Qoshiqchi xotirasini unuttirmaslik maqsadida qabul qilinganligi ma’lum qilindi.

Bu qarorni rasmiylashtirish uchun Vashington DC kengashi tomonidan tasdiqlanishi zarur.

Eslatma: Saudiyalik jurnalist Jamol Qoshiqchi 2 oktyabr kuni ıstanbuldagi Saudiya Arabistoni konsulligida vahshiylarcha o’ldirilgan edi.

 



Aloqador xabarlar