Umumbashariy nuqtai nazar 48-qism

Oriyentalizmning ta'siri!

1096851
Umumbashariy nuqtai nazar 48-qism

Anqara Yildirim Beyazit Universiteti rektori Kudret Bulbul.               

 

o’tgan hafta oryantalizmning ma’nosi o’zgarganini, azalda G’arblik tadqiqotchilar tadqiqot  joyida tekshiruv olib borgan, boshqa jamiyat xalqarining, G’arb davlatlariga o’zlarini tanitish mavzusida havasli bo’lgani haqida suhbat etgan edik. Xorijdagi tajribalarini o’lkasiga yetkazish uchun yuborilgan, o’z tajribalarini, o’lkasidagi fondlar orqali chet elga yetkazilishining, borgan davlatda o’lkasi mavzusida mutaxassis bo’lishi kutilar ekan, borgan davlatida o’lkasi mavzusida mutaxassis bo’lishning noto’g’ri tomonlariga to’xtalib o’tgan edik.

 

O’z jamiyatiga begonalashgan, boshqachalashgan ziyolilar

O’lkasi uchun qilinmagan, o’lkasiga hissa qo’shmagan ishlar bilan orqaga qaytish albatta ko’p tomonli 200 yildan beri muammolar yaratmoqda. Bunga avvalambor, chet elga yuborilganlarning xarajati, buncha qiyinchiliklarga qaramasdan ajratilgan manbalarning behuda sarflanishidir.

G’arb davlatlari uchun olib borilgan faoliyatlar bilan o’lkasiga qaytganda, o’lkadagi eng malakali insonlar go’yoki G’arbda almashib kelgan vaziyatda bo’lmoqda. Turkiya nuqtai nazaridan qaraganda 200 yildir bizlar ko’rgan ziyolilarning o’z vatanlariga begonalashishining asosiy sababini bu bo’lganini aytish mumkin mi? Asosan rivojlanayotgan davlatlardan chet elga jo’nab ketish bir o’zgachalikdir. Bu o’zgachalikka ega bo’lganlar qaytganda alohida e’tibor ko’rmoqda. Shuning uchun o’z jamiyatiga begonalashgan holda qaytganlarning  yaratgan salbiy ta’siri o’gir bo’lmoqda. Tahminan yuz yil avval Usmoniy vaziri Said Halimning aytgan so’zlaridan ham bu vaziyatning yangi bo’lmaganini tushunamiz, Vazir u davrlar, G’arbni bilmagan va o’z jamiyatini bilmagan ikki jamiyat haqida bahs etib qaysi birining og’ir bo’lganidan so’z etgan. Unga ko’ra har ikkisi ham zararli. Biroq G’arbni yaxshi tanib o’zini tanimagan olimlar esa hammasidan ham xavfli. Uzoq muddat xorijda yashaganlarning bir qismi, o’z jamiyatidan yiroqlashgani tufayli, go’yoki bir nafrat va yuqoridan qaragan holda qaytmoqdalar. Holbuki jamiytlari bu jaratonda katta o’zgarishlar amalga oshirgandir. Xorijdan qaytganlardan, asosan bilganini balanparvoz, qo’pol va kamsitgan bir shaklda emas, bu masalalarni yechish uchun qanday tajribaga ega bo’lgani kutiladi. Borgan davlatlarida adabiyotni, teoriyani o’lkasiga yetkazish emas, tanqidiy bir nazariya bilan bunlarni ko’zdan kechirib o’z o’lkasidagi tajribalar bilan bunlarni qayta ko’rib chiqish kerak.

 

O’z o’zini oryantalistga aylantirish…

Davlat nomidan xorijdan tadqiqotlar olib borganlar bilan, akademik tashkilotlar nomidan xorijda tadqiqotlar olib borganlar, o’z jamiyatlariga begonalashganda, akademiklar kelajak avlodlarni yetishtirgani uchun yana ham zararli unsurga  aylanmoqda. G’arbda ijtimoi fanlarda o’rgantilgan bilim, teoriya, uslub va indekslar  albatta u davlatlar  jihatdan ma’nodor. Bu ma’lumotlar ma’lum nispatda boshqa davlatlarga ham oydinlik kiritishi mumkin. Lekin akademiklar, siyosat, sotsiologiya, iqtisodiyot kabi bilimlarni G’arbdagi kabi o’rganganda o’z davlatlariga chuqur va tarixi bo’lmagan ma’lumotlarni yetkazishi mumkin. Buni qilmagan taqdirda, bir davlatning tarixi, tajribasi, G’arb tomonidan emas, o’z ichidan chiqgan akademiklar tomonidan, ko’z yumib, yo’q hisoblanmoqda.

 

Masalani bilib chiqish

Albatta borgan davlatlarida,  o’lkalari uchun muhim ishlar bajargan tadqiqochilar ham bor. Bunlarni hisobga qo’shmasdan aytadigan bo’lsak, quyidagi sabalarni aytish mumkin:

Yuborilgan davlatlarning faoliyat olib boriladigan mavzularda boshqaruvchilarni, cheklamasligi: Istasa davlat  istasa universitet tomoidan yuborilgan bo’lsin, xorijga yuborgan tashkilotlar bir  cheklov qo’ymagandir. Ayni payda boriladigan o’lkani nomzodning o’zi tanlashi mumkin.

Borganlar ishni yengilashtirish maqsadida: Xorijga borganlarning, borgan o’lka bilan aloqali faoliyat yuritishi, yana ko’p g’ayrat qilishi va borgan davlatning tilini o’rganishi kerak. Chunki mavzuga doir akademik muhitlardan to’liq ma’lumot olishlari mumkin. Lekin o’lkasi bilan aloqali bir mavzuda tadqiqot olib borganda, qiynalmaydilar. Yengil yohud nato’g’ri yo’l izlagani uchun unlar jihatidan ko’p ahamiyati bo’lmagan doktorantura maqolasiga guvoh bo’ldim. Avstriyada bir student, Turkiya Yevropa Ittifoqi siyosatini, Germaniyada esa bir boshqasi AK Partiya mavzusida doktorontura qilganini va Turkiyaga qaytishni istaganini bildirgan edi. Men ham Turkiyada xorijda doktorantura qilganlarga e’htiyoj bo’lganini, lekin bunlar to’xtalgan mazularda Turkiyada ko’chada ham insonlar mutaxassis ekanligini, buning Turkiya qanday hissa qo’shishini so’ragan edim. Yevropada bu mavzularda faoliyat olib borishning Yevropaliklar jihatidan ma’noli bo’lganini, shuning uchun balki Yevropada kelajak qurishlariga to’xtalgan edim. 2017- yili AQShda men uchratgan ikki doktorantura mavzusi ham bunga o’xshash edi: “Turkiyada Islomiy Harakatlar”, “Sufizmning Kurt Harakatiga ta’siri”. Unlarga shunday degan edim: “Turkiyaga qaytganingizda bu sohada o’lkangizga qanday hissa qo’sha olasiz? AQShdagi din-davlat aloqalarini, yevangelizm sohasida faoliyat olib borgan bo’lsaydingiz, qaytganingizda sizga e’htiyoj bo’lar edi”

Borilgan davlatlardagi imperial vizziyaga ega akademiklar yetishtirish: Ba’zi paytga bunga o’xshash oriyentatsiya ta’sirli bo’lmoqda. Lekin bu uslub, borganlarning qat’iyligi, nima qilganini bilgan taqdirda hal etiladigan bir masaladir. Doktorantura tekshiruvlari doirasida Angliyada bir universitetda muloqotga kirganda, Angliya mavzusida bir faoliyat olib borishni istaganimni bildirdim. “Ajoyib birinchi marta bir oksidenalist bir faoliyat takfili bilan qarama qarshimiz” deb qabul qilgan edilar.

Albatta ayrim vaziyatlarda Turkiya mavzusifa foliyat olib borish kerak hattoki rag’batlantirish kerak. Ko’p davlatni tarixi bilan aloqali Usmoniy tarixini, o’lkamidagi akademiklarning to’g’ri shaklda duyoda tanitish juda muhim. Bu kabi sohalardan tashqari, Turkiya mavzusida faoliyat olib borilmasikning asli, Turkiya mavzusida faolyat olib borishning esa faqat yuborgan tashkilotlarning ijozatiga bog’li bo’lgan bir tizim bilan 200 yildan beri davom etib kelgan masala yechilgan bo’lishi mumkin edi. Tashkiotlar, xorijga yuborayotganda Turkiya mavzusida faoliyat olib borishni taqiqlasa bu masalaga bir oz bo’lsa hissa qo’shadi.

Bo’lmasa, bizlar yuborgan tadqiqotchilar, Sezai Karakoshnng sherida bo’lgani kabi, g’arb uchun olib borilgan faoliyatlar tarkibida boy berishga davom etamiz.


Tanlangan kalimalar: #Umumbashariy nuqtai nazar

Aloqador xabarlar