Xitoy shimolidagi kimyoviy zavod yonida kuchli portlash ro’y berdi

Portlash oqibatida 22 kishi halok bo‘ldi, 22 kishi jarohat oldi.

1096448
Xitoy shimolidagi kimyoviy zavod yonida kuchli portlash ro’y berdi

Xitoy shimolidagi Chjantszyakou shahrida kimyoviy zavod yonida kuchli portlash ro’y berdi.

Portlash oqibatida 22 kishi halok bo‘ldi, 22 kishi jarohat oldi. 

Yaradorlar atrofdagi eng yaqin shifoxonalarga yotkizildi.

Shahar hokimligi ma’lum qilishicha, bu voqea bugun erta tongda Chjantszyakou shahriga qarashli Chiaodong hududida joylashgan kimyo zavodining yonida sodir bo’lgan.

Portlashdan so’ng yuzaga kelgan yong‘in oqibatida taxminan 50 ga yaqin yuk va yengil mashina yonib ketgan. 

Voqea joyida qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda, portlash sabablari tekshirilmoqda.



 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Xitoy , #kimyoviy zavod , #portlash

Aloqador xabarlar