BMT bosh kotibi Antonio Guterres Rossiya va Ukrainani vazminlikka chaqirdi

Antonio Guterres Qoradengizda Rossiya va Ukraina o’rtasida avj olgan taranglikdan xavotirda ekanligini ta’kidladi.

1096378
BMT bosh kotibi Antonio Guterres Rossiya va Ukrainani vazminlikka chaqirdi

BMT bosh kotibi Antonio Guterres Qoradengizda Rossiya va Ukraina o’rtasida avj olgan taranglikdan xavotirda ekanligini ta’kidlab, tomonlarni vazminlikka chaqirdi.

U Kerch bo’g’ozida taranglikni yanada avj oldiradigan har qanday xatti-harakatlardan uzoq turish kerakligini alohida ta’kidlab o’tdi.

Taranglikni tinchliksevar yo’llar bilan hal qilish uchun tomonlarni chuqur o’ylab ish qilishga chaqirgan Guterres davlatlarning haq va huquqiga, Ukrainaning hududiy yaxlitligi va mustaqilligiga hurmat ko’rsatish kerakligini ma’lum qildi.

Eslatma: 25 noyabr yakshanba kuni Ukrainaning Odessa portidan Mariupol portiga tomon harakatlanayotgan Ukrainaga tegishli 3 ta harbiy kemaga davlat chegarasini noqonuniy kesib o‘tib, Rossiya hududiga kirgani tufayli Kerch bo’g’ozi yaqinlarida Rossiya harbiy kemalaridan o’t ochilgan edi.
So’ngra, Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko mamlakat hududida harbiy holat joriy etish to‘g‘risidagi farmonini imzoladi.

Prezidentning farmoni parlamentda qabul qilingan edi.

 






 


Tanlangan kalimalar: #Ukraina , #Rossiya , #BMT , #Petro Poroshenko

Aloqador xabarlar