Rossiya Ukrainada harbiy holat joriy etilganligidan xavotirda...

“Ukrainaning chuqur o’ylamasdan qaror berishini oldini olish uchun Germaniya Kiyev hukumatiga nasihat qiladi degan umiddamiz”,-deydi Vladimir Putin.

1095732
Rossiya Ukrainada harbiy holat joriy etilganligidan xavotirda...

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainada harbiy holat joriy etilganligidan xavotirda ekanligini ma’lum qildi.

Putin Germaniya kansleri Angela Merkel bilan telefon orqali muloqotida mavzu haqida maslahatlashdi.

Kreml matbuot xizmatining yozma bayonotiga ko’ra, ikki yetakchi Rossiya va Ukraina o’rtasida Kerch bo’g’ozida ro’y bergan taranglik bo’yicha o’zaro muloqot qilgan.

Muloqotda Ukrainani xalqaro huquqni oyoq osti qilganlikda ayablagan Putin: “Ukrainada harbiy holat joriy etilganligidan va Ukraina armiyasining to‘liq jangovar shay holatga keltirilganligidan xavotirdamiz”,-deya ta’kidlagan.

“Ukrainaning chuqur o’ylamasdan qaror berishini oldini olish uchun Germaniya Kiyev hukumatiga nasihat qiladi degan umiddamiz”,-deydi Vladimir Putin.

Eslatma: Ukraina Qoradengizning Kerch bo‘g‘ozida Rossiyaga tegishli harbiy kemalardan Ukraina harbiy kemalariga qarata o’t ochilganligi tufayli harbiy holat joriy etgan edi.

Rossiya chegarachilarining bunday xatti-harakati tufayli olti nafar dengizchi yaralangan edi.

 


Tanlangan kalimalar: #Ukraina , #Rossiya , #Vladimir Putin , #harbiy holat

Aloqador xabarlar