Eronda 6.4 magnitudali yer silkinishi kuzatildi

Eronning Kermanshox viloyatida yuz bergan 6.4 magnitudali yer silkinishi oqibatida 513 kishi tan jarohati oldi.

1094668
Eronda 6.4 magnitudali yer silkinishi kuzatildi

Eronning Kermanshox viloyatida yuz bergan 6.4 magnitudali yer silkinishi oqibatida 513 kishi tan jarohati oldi.

Kermanshox Tibbiyot fanlari universiteti rektori Muhammad Rizo Murodiyning qayd etishicha viloyatga qarashli Serpol Zehab shahrida 235, Gilanigarb shahrida 108, Kasri Shirin shahrida 97, G’arbiy Islomobodda 57, Revanserda 10 va Delahoda 6 jami 513 kishi tan jarohati olgan.

Murodiy, Eronning rasmiy IRNA axborot agentligiga bergan bayonotida shuningdek 44 ta tez yordam mashinasi bilan 1 ta tez yordam avtobusining voqea yuz bergan mintaqada fuqarolarga xizmat berayotganligini o’z so’ziga ilova etgan.  

Kermanshoxda yer silkinishi tufayli maktab va universitetlar vaqtinchalik yopilar ekan elektr energiyasi o’chirilmagan va tunni tashqarida o’tkazgan fuqarolarga kerakli yordamlar yetkazib berilgan.

Tehron universiteti, Geofizika instituti, Seysmologiya markazidan shu haqida berilgan bayonotda markazi Kermanshox viloyatiga qarashli Serpol Zehab shahrida, yerning 7 kilometr terangligida, kecha oqshom mahalliy vaqt bilan 20.07 da 6.4 magnitudali yer silkinishi kuzatilganligi qayd etildi.

 


Tanlangan kalimalar: #Eron , #Kermanshox , #yer silkinishi

Aloqador xabarlar