Chikagodagi “Mercy Hospital” kasalxonasida qurolli hujum uyushtirildi

Chikagodagi “Mercy Hospital” deb nomlangan kasalxonaga, kim ekanligi hali hanuz noma’lum bir kishi tomonidan qurolli hujum uyushtirildi.

1091468
Chikagodagi “Mercy Hospital” kasalxonasida qurolli hujum uyushtirildi

Amerika Qo’shma Shtatlarining Chikago shahrida bir kasalxonaga o’q uzilishi oqibatida kamida 4 kishi tan jarohati oldi. Hujumchining esa o’lik holatda qo’lga tushirilganligi ma’lum qilindi.

Chikagodagi “Mercy Hospital” deb nomlangan kasalxonaga, kim ekanligi hali hanuz noma’lum bir kishi tomonidan qurolli hujum uyushtirildi.

Chikago politsiyasi Aloqa bo'limi boshlig'i Anthony Guglielmi ham Twitter hisobi orqali voqea haqida ma’lumot berdi.

Mazkur ma’lumotga ko’ra kamida 4 kishi tan jarohati olgan. Ulardan biri politsiya xodimi, qolganlari esa kasalxona xodimlaridandir.

Iddiolarga ko’ra shubhali 32 yoshidagi bir erkak kishi va u hujumlari ortidan o’lik holatda qo’lga tushirilgan. Politsiya shubhalining qanday qilib o’lganligi haqida ma’lumot bermadi.

Politsiya xodimlari voqeaning kasalxona yoki bemorlar uchun hech xavfi yo’qligini qayd etdi. Lekin shunga qaramay kasalxona ichida va atrofida xavfsizlik uchun keng ko’lamli chora va tadbir olingan.

Chikago AQShda eng ko’p qurolli hujum uyushtirilgan shahar hisoblanadi. Chikagodagi  bugungi voqea ustidan tergov ishi boshlatilar ekan politsiyaning rasmiy bayonot berishi kutilmoqda.

 


Tanlangan kalimalar: #Chikago , #Mercy Hospital , #qurolli hujum

Aloqador xabarlar