Isroil armiyasining hujumi oqibatida falastinlik 4 kishi shahid bo’ldi

Isroil urush uchoqlari tomonidan G’azo sektorining turli nuqtalarida uyushtirilgan havo hujumlari oqibatida falastinlik 4 kishi shahid bo’ldi. Shahid bo’lganlardan tashqari 8 kishi tan jarohati oldi.

1086635
Isroil armiyasining hujumi oqibatida falastinlik 4 kishi shahid bo’ldi

Isroil urush uchoqlari tomonidan G’azo sektorining turli nuqtalarida uyushtirilgan havo hujumlari oqibatida falastinlik 4 kishi shahid bo’ldi. Shahid bo’lganlardan tashqari 8 kishi tan jarohati oldi.

G’azodagi Sog’likni saqlash vazirligi voizi Ashraf al-Qudra mavzu haqida bergan bayonotida Isroil ishg’ol kuchlarining G’azo sektorining shimolida va Refah shahrining sharqida falastinlik bir guruhni nishonga olganligini va oqibatida 4 kishining o’lganligini, 8 kishining esa tan jarohati olganligini ifoda etdi.

Isroil armiyasi tomonidan berilgan bayonotda esa qurshov ostidagi G’azo sektoridan Isroil tomoniga otilgan raketaning bir avtobusga borib tegishi ortidan bunga javob tariqasida mintaqaga qarshi havo hujumi boshlatilganligi ma’lum qilindi.

Bayonotda shuningdek,

“Urush uchoqlarimiz nishonga olingan G’azodagi nuqtalariga o’q uzmoqda” degan ifodalarga o’rin berildi.

Avtobusni nishonga olgan hujumning qanday qurol orqali amalga oshirilganligi va unga ziyon yetib yetmaganligi haqida hech qanday ma’lumot berilmas ekan G’azodan Isroil tomoniga 80 dan ortiq raketa otilganligi aytildi.

Isroilning tez yordam xizmati Dovud yulduzi, G’azodan otilgan raketalardan birining bir binoga tushishi natijasida isroillik 1 kishining o’lganligini, 1 kishining esa og’ir tan jarohati olganligini bayon etdi.

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyahu, G’azoda borgan sari ortgan taranglik ortidan poytaxt Tel-Avivda Mudofaa vaziri Avigdor Liberman va Qurolli kuchlar Bosh shtab Boshqarmasi raisi Gadiy Eisenkot bilan mintaqadagi oxirgi vaziyatni baholash uchun uchrashuv o’tkazdi.

 



Aloqador xabarlar