Yaponiyaning Okinava oroli yaqinlarida AQShga oid harbiy samolyot qulab tushdi

AQSh dengiz kuchlari bayonotiga ko’ra, harbiy samolyot odatdagi operatsiya jarayonida texnik nosozlik tufayli halokatga uchragan.

1086267
Yaponiyaning Okinava oroli yaqinlarida AQShga oid harbiy samolyot qulab tushdi

Yaponiyaning Okinava oroli yaqinlarida AQShga oid harbiy samolyot qulab tushdi.

“Ronald Reagan” nomli AQSh kemasidan parvoz qilgan F-18 harbiy samolyoti Yaponiyaning Okinava shahriga yaqin Filipin dengiziga qulab tushdi.

AQSh dengiz kuchlari bayonotiga ko’ra, harbiy samolyot odatdagi operatsiya jarayonida texnik nosozlik tufayli halokatga uchragan.

Harbiy samolyotning ikki uchuvchisi tirik qolgan.

O’tgan oyda ham xuddi shu kemadan parvoz qilgan MH-60 harbiy samolyoti qulab tushgan edi.

Eslatma: Yaponiyaga qarashli Okinava orolida Amerika harbiy bazasi mavjud bo’lib, unda 47 ming harbiy xizmat o’tamoqda.

 


Tanlangan kalimalar: #Yaponiya , #Okinava , #AQSh , #harbiy samolyot , #halokat

Aloqador xabarlar