Afg’oniston poytaxti Kobulda portlash sodir etildi

Ichki ishlar vazirligi xodimi ma'lum qilishicha, Kobuldagi prezidentlik saroyi oldida to’plangan olomon ichida kimligi noma’lum shaxs o’zini portlatib yuborgan.

1086202
Afg’oniston poytaxti Kobulda portlash sodir etildi

Afg’onistonda “Tolibon” radikal harakati G’azni viloyatining Jag’uri tumaniga hujum qildi.

Hujumda 25 kishi halok bo’ldi, bulardan 10 nafari askar ekanligi ma’lum bo’ldi.

G’azni xavfsizlik boshqarmasi xodimi Ahmad Xon Sirot ma’lum qilishicha, hujumda 14 kishi yaralangan. Bulardan 6 nafari askar. Hududga qo’shimcha harbiy kuch safarbar etilgan.

G’azni viloyat sho’rosi vakili Xoliqdod Akbariy esa, hujum oqibatida 27 askar halok bo’lganligini ilgari surdi.

Xalq orasidan esa, 20 dan ortiq kishi halok bo’lganligini iddao qilgan Akbariy hududda xavfsizlik kuchlari yetarsiz ekanligini bildirdi.

“Tolibon” radikal harakati hujum natijasida beshta politsiya nazorat uchastkasini qo’lga olganligini, 22 ta askar o’ldirilganligini iddao qildi.

Mamlakat poytaxti Kobulda ham portlash sodir etildi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko’ra, portlashda 6 kishi halok bo’ldi.

Ichki ishlar vazirligi xodimi Najib Danish bu haqda ma’lum qildi.

Uning so’zlariga ko’ra, Kobuldagi prezidentlik saroyi oldida to’plangan olomon ichida kimligi noma’lum shaxs o’zini portlatib yuborgan.

Portlashda 10 kishi turli jarohatlar olganligi xabar qilindi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Afg'oniston , #Kobul , #portlash

Aloqador xabarlar