Xitoyda bir zavodning omborida kuchli portlash ro’y berdi

Uglerod mahsulotlari ishlab chiqarish zavodining omborida sodir bo'lgan portlashda 6 kishi halok bo’ldi, 5 kishi yaralandi.

1086058
Xitoyda bir zavodning omborida kuchli portlash ro’y berdi

Xitoy sharqida joylashgan uglerod mahsulotlari ishlab chiqarish zavodining omborida kuchli portlash ro’y berdi.

Portlash oqibatida 6 kishi halok bo’ldi, 5 kishi yaralandi.

Xitoy davlat televideniyesi ma’lum qilishicha, bu voqea mamlakat sharqida joylashgan Shandong viloyatiga qarashli Jinan shahrining Pingyin tumanida sodir bo’lgan.

Portlash sabablari hozircha ma’lum emas. Tekshiruvlar davom etmoqda.

 


Tanlangan kalimalar: #Xitoy , #zavod , #portlash

Aloqador xabarlar