AQSh Saudiya Arabistoni bilan bo’lgan strategik munosabatini himoya qilmoqchi

AQSh, Jamol Kashikchi jinoyatiga qo'l urganlarni Saudiya Arabistoni bilan bo’lgan strategik munosabatini himoya qilgan holda jazoga tortmoqchi.

1081454
AQSh Saudiya Arabistoni bilan bo’lgan strategik munosabatini himoya qilmoqchi

Amerika Qo’shma Shtatlari Davlat kotibi Mike Pompeo saudiyalik jurnalist Jamol Kashikchini o’ldirganlarni jazoga tortajaklarini belgilab o’tgan holda, AQShning Saudiya Arabistoni bilan strategik hamkorliklarini davom ettirajaklarini ma’lum qildi.

Mike Pompeo hukumatga yaqinligi bilan tanish bo’lgan Fox News telekanaliga Jamol Kashikchi haqida bayonotlar berdi.

“Bu jinoyatga qo’l urganlarni javobga tortamiz. Shu bilan birga AQShning Saudiya Arabistoni bilan bo’lgan strategik munosabatini himoya qilamiz” degan Pompeo, vazirlikning voqea ustidan kerakli faoliyatlarni olib borishni davom ettirganligini qayd etdi.

Pompeo Kashikchining o’limi yuzasidan 16 kishining vizasining bekor qilinganligini eslatib o’tgan holda AQSh bilan Saudiya Arabistoni munosabatlarining Iroqning “ekspansiv siyosatlariga” qarshi qanchalik ahamiyatli ekanligini ta’kidladi.

AQSh Prezidenti Donald Trump ham bir tomondan Saudiya Arabistoniga sanksiya kiritilishi mumkinligini bayon etar ekan ikkinchi tomondan o’zaro munosabatlarni buzishni xohlamayotgandek ekanligini bildirdi.

Aytib o’tish joizki Washington Post gazetasi jurnalisti Jamol Kashikchi shu yilning 2-oktabri kuni rasmiy hujjatlar uchun Saudiya Arabistonining Bosh konsullik binosiga kirganidan keyin bedarak yo’qolgan edi.

Saudiya Arabistoni boshqaruvi 20-oktabr kuni Kashikchining “konsullik binosida yuz bergan bir janjal natijasida o’lganligi” haqida ma’lumot tarqatgan.

Turkiya Bosh prokuraturasi o’tkan hafta, 2-oktabrda rasmiy hujjat uchun Saudiya Arabistonining Istanbuldagi Bosh konsullik binosiga kirgan Kashikchining oldindan rejalashtirilganidek binoga kirishi bilanoq bog’ib o’ldirilganligini, ortidan esa jasadining bo’lakchalarga ajratilgan holda yo’q qilinganligini bayon etgan edi.




 



Aloqador xabarlar