Iroq:AQShning Iroq ichki ishlariga aralashishiga yo'l qo'ymaymiz

Iroq hukumati Bog’doddagi AQSh elchixonasining Eron sanksiyalariga doir bayonotiga e’tiroz bildirdi.

1081067
Iroq:AQShning Iroq ichki ishlariga aralashishiga yo'l qo'ymaymiz

Iroq hukumati Bog’doddagi AQSh elchixonasining Eron sanksiyalariga doir bayonotiga e’tiroz bildirdi.

Iroq tashqi ishlar vazirligi bu haqda bayonot berdi.

Bayonotda qayd etilishicha, AQSh Eron sanksiyalariga doir izohi bilan Iroqning ichki ishlariga aralashmoqda.

Iroq tashqi ishlar vazirligi vakili Ahmad Mahjub Bog’doddagi AQSh elchixonasining Eron sanksiyalariga doir bayonotida ba’zi qismlar Iroq ichki xavfsizligi bilan bog’liq ekanligini ta’kidlab, “Iroq ichki ishlariga aralashuvni rad etadi”,-dedi.

Eslatish joizki, Bog’doddagi AQSh elchixonasi tomonidan berilgan bayonotda, AQSh hukumati sanksiyalarni to’xtatish uchun Eronga 12 ta shart qo’yganligini ma’lum qilgandi.

Bulardan biri “Eron rejimi Iroq hukumatining mustaqilligiga hurmat ko’rsatishi talab qilinadi. Shiya jangarilarning qurollarni tashlashiga va takror integratsiyasiga ruxsat berishi kerak”,-deya shart qo’ygan edi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Iroq , #AQSh , #ichki ishlar , #Eron , #sanksiya

Aloqador xabarlar