Qatar Saudiya Arabistonida qo’lga olingan fuqarolarining taqdiridan xavotirda...

Qatardagi mahalliy inson huquqlari qo’mitasi Saudiya Arabistoni tomonidan qo’lga olingan 4 fuqaroni qidirib topish va ularni ozod etish bo'yicha BMTdan yordam talab qildi.

1081027
Qatar Saudiya Arabistonida qo’lga olingan fuqarolarining taqdiridan xavotirda...

Qatardagi mahalliy inson huquqlari qo’mitasi BMTdan Saudiya Arabistoni tomonidan qo’lga olingan 4 fuqaroni zudlik bilan ozod etishini talab qildi.

Qo’mita rahbari Ali bin Samih al-Merri BMTning inson huquqlari va terrorizmga qarshi kurash bo’yicha maxsus hisobotchisi Fionnuala Ni Aolain bilan poytaxt Dohada uchrashuv o’tkazdi.

Qo’mita rahbarining so’zlariga ko’ra, Saudiya Arabistoni bir muddat avval 4 nafar Qatar fuqarosini noma’lum sabablarga ko’ra qo’lga olgan va hozirda ulardan biron xabar yo’q.

U BMTni bu mavzuga diqqat qaratishga va ularni ozod etish uchun zarur faoliyatlarni yo’lga qo’yishga chaqirdi.

 


Tanlangan kalimalar: #BMT , #Qatar , #Saudiya Arabistoni

Aloqador xabarlar