Indoneziyada Boeing 737 yo‘lovchi samolyoti halokatga uchradi

Samolyot bortida 189 kishi bo’lgan va ulardan tirik qolganlarning bor yoki yo’qligi ma’lum emas.

1077653
Indoneziyada Boeing 737 yo‘lovchi samolyoti halokatga uchradi

Indoneziyaning Sumatra orolida Boeing 737 yo‘lovchi samolyoti halokatga uchradi.

Samolyot bortida 189 kishi bo’lgan va ulardan tirik qolganlarning bor yoki yo’qligi ma’lum emas.

Indoneziyaning poytaxti Jakarta aeroportidan Sumatra orolidagi Pangkal Pinang shahriga parvoz qilgan Boeing 737 yo‘lovchi samolyoti parvozga chiqqanidan keyin taxminan 13 daqiqa o‘tgach, radarlardan yo‘qolib qolgan.

Samolyot Yava orolining g‘arbiy qirg‘og‘i yaqinida dengizga qulagan.

Indoneziya tabiiy ofatlarga qarshi kurash agentligi ma’lum qilishicha, dengizda Boeing bo‘laklari va yo‘lovchilarning buyumlari topilgan.

Samolyot bortida 188 kishi bo‘lgan. Bulardan 3 nafari yosh bola bo’lgan va 8 tasi ekipaj xodimlari bo’lgan. Ularning birontasi ham tirik qolmaganligi taxmin qilinmoqda.

Samolyot tegishli bo’lgan aviakampaniya xavfsizlik bo’yicha xavotirlar tufayli 2007 yilda Yevropa Ittifoqining qora ro’yxatiga olingan edi.

Ittifoqqa a’zo mamlakatlarga parvoz qilishi man qilingan aviakampaniyaga 16 yilning iyun oyida cheklovlar bekor qilingan edi.

 


Tanlangan kalimalar: #Indoneziya , #samolyot halokati

Aloqador xabarlar