O'ldirilgan jurnalist Jamol Kashikchining o'g'li Saudiya Arabistonini tark etdi

Amerika va Saudiya fuqaroligi bo’lgan Salah bin Jamol Kashikchi va uning oilasi kecha Ar-Riyoddan AQShga uchib ketdi.

1076030
O'ldirilgan jurnalist Jamol Kashikchining o'g'li Saudiya Arabistonini tark etdi

Saudiya Arabistonining Istanbuldagi konsulligida vahshiyona o’ldirilgan jurnalist Jamol Kashikchining o’g’li Salah bin Jamol Kashikchi Saudiya Arabistonini tark etdi.

Amerika matbuotiga intervyu bergan Kashikchi oilasining bir a’zosi Amerika va Saudiya fuqaroligi bo’lgan Salah bir necha oy oldin Saudiya Arabistonidan chiqishga ruxsat berilmagani sababli qirollikni tark eta olmaganligini ma’lum qildi.

Ya’ni, Kashikchining o’g’liga Saudiya Arabistonidan chiqishiga cheklov qo’yilgan edi.

Endilikda ularga nisbatan kiritilgan chetga chiqish taqiqlovi bekor qilingan. Shu sababli, Salah va uning oilasi kecha Ar-Riyoddan AQShga uchib ketdi.

Salah Kashikchi AQShning Virjinia shtatida yashagan qarindoshlarining yonida yashaydi.

Eslatma: 23 oktyabrda Saudiya Arabistoni qiroli va valiahd shahzodasi Ar-Riyoddagi qarorgohida Kashikchining yaqinlariga hamdardlik bildirish maqsadida jurnalistning o‘g‘lini qabul qilgandi.

 



Aloqador xabarlar