Germaniya Saudiya Arabistonini jurnalist Jamol Kashikchi jinoyatini batafsil aniqlashga chaqirdi

Federal matbuot va informatsiya boshqarmasi ma’lum qilishicha, Germaniya kansleri Angela Merkel kecha Saudiya Arabistoni qiroli Salmon bin Abdulaziz bilan telefon orqali muloqot qildi.

1075994
Germaniya Saudiya Arabistonini jurnalist Jamol Kashikchi jinoyatini batafsil aniqlashga chaqirdi

Germaniya kansleri Angela Merkel Saudiya Arabistonini jurnalist Jamol Kashikchi jinoyatini tezkor va shaffof ravishda batafsil aniqlashga chaqirdi.

Federal matbuot va informatsiya boshqarmasi ma’lum qilishicha, Angela Merkel kecha Saudiya Arabistoni qiroli Salmon bin Abdulaziz bilan telefon orqali muloqot qildi.

Merkel suhbat chog’ida Saudiya Arabistonining Istanbuldagi konsulligida sodir bo’lgan qotillikni qoraladi. Voqeaning barcha tafsilotlarini tezkor ravishda aniqlashni talab qildi.

Uning so’zlariga ko’ra, barcha javobgarlar qonun oldida javob berishi kerak. Qotillik yuzasidan davom etayotgan tergov doirasida Germaniya ham xalqaro hamkorlar bilan o’ziga xos chora ko’rishga tayyor.

Shuningdek, Merkel suhbat chog’ida, Yamandagi gumanitar vaziyatni muhokama qildi va Saudiya Arabistonini Yamanga gumanitar yordam olib kelishni qulaylashtirish uchun qo’lidan kelgancha yordam qilishga chaqirdi.

Eslatma: Vashington Post gazetasiga maqolalar yozgan saudiyalik muxolif jurnalist Jamol Kashikchi shu yilning 2 oktyabr kuni hujjatlarini rasmiylashtirish maqsadida Saudiya Arabistonining Istanbuldagi konsulxonasiga kelgandan keyin yo’qolib qolgan edi.

Saudiya Arabistoni hukumati 20 oktyabr kuni jurnalist Jamol Kashikchining Istanbuldagi bosh konsullikda kelib chiqqan janjal oqibatida halok bo'lganini tasdiqlagan edi.

 

 



Aloqador xabarlar