Rossiya prezidenti Vladimir Putin Saudiya Arabistoni qiroli bilan muloqot qildi

Kreml saroyi matbuot xizmati ma’lum qilishicha, ikki yetakchi saudiyalik muxolif jurnalist Jamol Kashikchi jinoyatini muhokama qildi.

1075885
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Saudiya Arabistoni qiroli bilan muloqot qildi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Saudiya Arabistoni qiroli Salmon bin Abdulaziz bilan telefon orqali muloqot qildi.

Suhbat chog’ida, saudiyalik muxolif jurnalist Jamol Kashikchi jinoyati muhokama qilindi.

Bu haqda Kreml saroyi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ma’lumotga ko’ra, ikki yetakchi jurnalist Jamol Kashikchining o’ldirilishini muhokama qilgan, shuningdek Suriya va Yaqin sharqdagi vaziyat bo’yicha fikr almashgan.

Bundan tashqari, ikki davlat o’rtasida energiya bo’yicha hamkorlik masalasi bo’yicha maslahatlashilgan.

Suhbatda qirol Salmon Vladimir Putinni Saudiya Arabistoniga taklif qilganligi ma’lum qilindi.

Eslatma: Vashington Post gazetasiga maqolalar yozgan saudiyalik muxolif jurnalist Jamol Kashikchi shu yilning 2 oktyabr kuni hujjatlarini rasmiylashtirish maqsadida Saudiya Arabistonining Istanbuldagi konsulxonasiga kelgandan keyin yo’qolib qolgan edi.

Saudiya Arabistoni hukumati 20 oktyabr kuni jurnalist Jamol Kashikchining Istanbuldagi bosh konsullikda kelib chiqqan janjal oqibatida halok bo'lganini tasdiqlagan edi.



 



Aloqador xabarlar