AQSh Prezidenti Trump, Jamol Kashikchining o’ldirilish masalasini baholadi

Donald Trump Amerikaning Wall Street Journal gazetasiga bergan intervyusida, saudiyalik jurnalist Jamol Kashikchining o’ldirilishi masalasini baholadi.

1074756
AQSh Prezidenti Trump, Jamol Kashikchining o’ldirilish masalasini baholadi

Amerika Qo’shma Shtatlari Prezidenti Donald Trump saudiyalik jurnalist Jamol Kashikchining o’ldirilishida Saudiya Arabistoni valiaxd shahzodasi Muhammad bin Salmonning aloqasining bor yoki yo’qligi haqidagi savolga qarshi,

Valiaxd shahzodani nazarda tutgan holda,

“Ishlarni u yurityapdi. Shunday ekan voqea bilan kimningdir aloqasi bo’lishi kerak bo’lsa unda bu kishi u bo’lar edi” deb javob berdi.  

Donald Trump Amerikaning Wall Street Journal gazetasiga bergan intervyusida, saudiyalik jurnalist Jamol Kashikchining o’ldirilishi masalasini baholadi.

Trump Saudiya Arabistoni Qiroli Salmon bin Abdulazizning Kashikchining o’ldirilishi masalasida hech qanday ma’lumotga ega emasligiga ishonganligini qayd etdi.

Saudiyalik valiaxd shahzoda Muhammad bin Salmonning voqeaga aloqasining bor yoki yo’qligi haqidagi savoliga qarshi esa Trump,

“U yerda ishlarni (boshqaruv) bu darajada yuritgan kishi ko’proq shahzodadir. Ishlarni u yurityapdi. Shunday ekan voqea bilan kimningdir aloqasi bo’lishi kerak bo’lsa unda bu kishi u bo’lar edi” deb javob berdi.  

Mavzu haqida shahzoda Muhammad bilan bir necha bor gaplashkanligini va undan Kashikchi voqeasi haqida nimadir bilip bilmaganligi haqida so’raganligini eslatgan Trump,

“Shahzoda voqeadan bexabar ekanligini aytdi. Voqeaning qayerda boshlaganligini so’radim. U esa menga buning quyi bosqichdagilarda ekanligini yetkazdi” degan ifodalarga o’rin berdi.

Trump saudiyalik shahzodaning “bexabar edim” degan so’zlarining to’g’ri ekanligidan umidvor ekanligini eslatgan holda, “Ularga ishonishni xohlayman. Ularga haqiqatdan ham ishonishni xohlayman” deya gapirdi.

Oq uyda jurnalistlarning savoliga javob bergan AQSh Prezidenti, Kashikchi voqeasiga bo’lgan munosabatini hamma haqiqatni to’plaganidan keyin qaror berishini belgilab o’tkan holda,   

“Nima qilishimiz kerakligi haqidagi qarorni kongressning ihtiyoriga qo’yib beraman va umid qilamanki ikkala partiya (Respublikachilar va Demokratlar) tomonidan ham qo’llab-quvvatlangan qaror bo’ladi” dedi.

Donald Trump Saudiya Arabistonining voqeani qo’lga olish shaklini esa, “tarixdagi eng yomon bosti-bosti qilish tashabbuslaridan biri” deya baholadi.

Aytib o’tish joizki Washington Post gazetasi jurnalisti Jamol Kashikchi shu yilning 2-oktabri kuni rasmiy hujjatlar uchun Saudiya Arabistonining Bosh konsullik binosiga kirganidan keyin bedarak yo’qolgan edi.

Saudiya Arabistoni boshqaruvi 20-oktabr kuni Kashikchining “konsullik binosida yuz bergan bir janjal natijasida o’lganligi” haqida ma’lumot tarqatgan.



Aloqador xabarlar