Shindzo Abe:“Yaponiya va Xitoy mintaqaning tinchlik va farovonligidan mas’uldir"

Yaponiya bosh vaziri Shindzo Abe davlat tashrifi bilan Xitoyga safar qiladi.

1074633
Shindzo Abe:“Yaponiya va Xitoy mintaqaning tinchlik va farovonligidan mas’uldir"

 

Yaponiya bosh vaziri Shindzo Abe Xitoy bilan munosabatlarni yuqori bosqichga ko’tarish istagini ma’lum qildi.

Shindzo Abe bu hafta Xitoyga amalga oshiradigan rasmiy ziyorati oldidan parlamentda Yaponiya-Xitoy munosabatlariga to’xtaldi.

“Yaponiya va Xitoy mintaqaning tinchlik va farovonligidan mas’uldir. Ikki davlat o’rtasida siyosat, tadbirkorlik, sport va boshqa har soha yo’nalishida hamkorlikning rivojlanishidan umidvormiz”,-deb aytgan Shindzo Abe.

Yaponiya bosh vaziri Shindzo Abening uch kunlik Xitoy ziyorati chog’ida mamlakat rahbari Shi Jinping va Xitoy bosh vaziri Li Kichiang bilan uchrashishi kutilmoqda.

 



Aloqador xabarlar