Angela Merkel Saudiya Arabistoniga qurol eksport qilinmasligini bildirdi...

Angela Merkel, "Kashikch voqeasiga oydinlik kiritilmasdan Saudiya Arabistoniga qurol berilmaydi" dedi.

1073711
Angela Merkel Saudiya Arabistoniga qurol eksport qilinmasligini bildirdi...

Germaniya kansleri Angela Merkel, "Kashikch voqeasiga oydinlik kiritilmasdan Saudiya Arabistoniga qurol berilmaydi" dedi.

Merkel, Hessen viloyatida saylov kampaniyasi doirasida Ortenberg partiyasi 'zolari bilan o'tkazgan muloqotda, Kachikchning o'limi bilan aloqali, "Istanbulda Saudiya bosh konsulligida sodir bo'lganlarga qarang. Bu hodisaga oydinlik kiritilmasdan Saudiya Arabistoniga qurol eksport qilinmaydi" deb so'zladi.

Saudiya Arabistoni, Gertmaniya joriy yil boshidan beri Jazoirdan keyin eng ko'p qurol eksport qilgan davlat bo'ldi.

Germaniya, bu yilning ilk 9 oyida Saudiya Arabistoniga tahminan 417 million yevrolik qurol savdo qildi.

Washington Post gazetasi muharriri Jemal Kashikchi, 2018- yili 2- oktyabr kuni Saudiya Arabistonining Istanbuldagi Bosh konsulliga borgandan keyin g'oyib bo'lgan edi.

Saudiya Arabistoni boshqaruvi, 20-Oktyabr kuni, Kashikchining "Konsullik binosida maydonga kelgan urushda hayotini yo'qotgandir" deb bildirgan edi.

 
 



Aloqador xabarlar