Yevropa Ittifoqi Jamol Kashikchi bo'yicha bayonot berdi

“Ishi yuzasidan bir qator Yevropa tashkilotlari bilan hamkorlik qilgan saudiyalik jurnalist Jamol Kashikchining o’limidan chuqur iztirobdamiz. Yaqinlariga hamdardlik bildiramiz”,-deyiladi bayonotda.

1072653
Yevropa Ittifoqi Jamol Kashikchi bo'yicha bayonot berdi

Yevropa Ittifoqi saudiyalik jurnalist Jamol Kashikchining o'limi bilan bog’liq ishonchli va shaffof tergov yuritilishini talab qildi.

Yevropa Ittifoqining tashqi aloqalar va xavfsizlik siyosati bo’yicha oliy vakili Federika Mogherini bu haqda yozma bayonot berdi.

“Ishi yuzasidan bir qator Yevropa tashkilotlari bilan hamkorlik qilgan saudiyalik jurnalist Jamol Kashikchining o’limidan chuqur iztirobdamiz. Yaqinlariga hamdardlik bildiramiz”,-deyiladi bayonotda.

Yevropa Ittifoqi dunyodagi barcha jurnalistlarni himoya qilish va matbuot erkinligini ta’minlash bo’yicha qat’iy ekanligini ma’lum qilgan Mogherini: “Kashikchining o’limi bilan bog’liq tafsilotlar va 1963 yildagi Vena konsullik shartnomasining oyoq osti qilinganligi xavotirlanarlidir”,-dedi.

Uning so’zlariga ko’ra, bu voqea tufayli 1963 yilda tuzilgan “Vena konsullik shartnomasi”ning “konsulxona joylashgan davlatning qonun va tartibotlariga hurmat ko’rsatishini” nazarda tutgan 55-moddasi buzilgan.

“Kashikchining xotirasi va yaqinlarining adolatni bilishi tabiiy haqqidir. Uning o’limi bilan bog’liq batafsil, ishonarli va shaffof tergov yuritish zarur. Aybdorlar jazoga mahkum etilishi zarur”,-deydi Mogherini.

Ma'lumki, shu kunlarda Saudiya Arabistoni hukumati 2 oktyabr kuni yo'qolib qolgan jurnalist Jamol Kashikchi Istanbuldagi bosh konsulligida kelib chiqqan janjal oqibatida halok bo'lganini tasdiqladi.



Aloqador xabarlar