AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya bilan tuzilgan kelishuvdan chiqishini ma'lum qildi

AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya bilan tuzilgan O'rta va kam masofalarga mo'ljallangan raketalarni yo'q qilish bo’yicha kelishuvdan chiqishini ma’lum qildi.

1072570

“AQSh kelishuvga to'liq amal qilmoqda, biroq Rossiya uning shartlarini bajarmayapti. Avvalgi prezident Barak Obamaning nima uchun bu masalani muhokama qilmaganligi yoki nima uchun kelishuvdan bosh tortmaganligidan taajjubdaman”,-deb aytgan Donald Tramp.

Rossiyaning bu kelishuvni buzishiga va AQSh ruxsat bermagan qurollarni ishlab chiqarishiga yo’l qo’ymasligini bildirgan Tramp: “Biz kelishuv buzilishiga yo'l qo'ymaymiz. Rossiya kelishuvga amal qilmayapti, shu sababli afsuski, biz uni bekor qilishga majburmiz. Kelishuvdan bosh tortamiz”,-dedi.

AQSh va Rossiya (Sovet Ittifoqi) o’rtasidagi ushbu kelishuv 1987 yilda imzolangan.

Mazkur kelishuv uchish uzoqligi 300 kmdan 3400 kmgacha bo’lgan raketa qurollarining butun bir sinfini ishlab chiqarishni, sotib olishni va amalda sinab ko’rishni man qiladi.

1991 yilda kelishuv to'liq bajarilgan. Sobiq Sovet ittifoqi kelishuv doirasida 1752 ta, AQSh esa 859 ta ballistik raketani yo'q qilgan.

Biroq, AQSh Rossiyani vaqti-vaqti bilan kelishuvni buzishda ayblab kelgan.

Tanlangan kalimalar: #Rossiya , #AQSh , #kelishuv , #Donald Tramp

Aloqador xabarlar