Xitoyda bir ko’mir konida portlash ro’y berdi

Portlashdan so’ng konda mehnat qilayotgan 334 ishchidan 312 nafari qutqarilgan, 22 ishchi esa kon tagida qolib ketgan.

1072544
Xitoyda bir ko’mir konida portlash ro’y berdi

Xitoyda bir ko’mir konida portlash ro’y berdi.

Portlashda 22 ishchi kon tagida qolib ketdi.

Bu haqda Xitoy davlat televideniyesi xabar berdi.

Xabarga ko’ra, bu voqea mamlakat sharqida joylashgan Shangdong viloyatiga qarashli Yunchin tumanidagi ko’mir konida tungi soatlarda ro’y bergan.

Portlashdan so’ng konda mehnat qilayotgan 334 ishchidan 312 nafari qutqarilgan, 22 ishchi esa kon tagida qolib ketgan.

Voqea joyiga tez yordam guruhlari va qutqaruvchilar yetib kelgan. Qutqaruv faoliyatlari davom etmoqda.

Portlashning sabablari tekshirilmoqda.

 


Tanlangan kalimalar: #Xitoy , #ko'mir koni , #portlash

Aloqador xabarlar