AQShda “Maykl” dovuli oqibatida halok bo'lganlar soni 26 kishiga yetdi

Kaliforniyadagi “CoreLogic” agentligi ma’lum qilishicha, "Maykl" dovuli mamlakat hazinasiga 4.5 mlrd dollar moddiy zarar olib kelgan.

1070280
AQShda “Maykl” dovuli oqibatida halok bo'lganlar soni 26 kishiga yetdi

AQShning Florida shtati sohillariga yopirilgan “Maykl” dovuli oqibatida qurbonlar soni 26 kishiga yetdi.

Qidiruv va qutqaruv faoliyatlari olib borilayotgan Florida va boshqa 4 ta shtatda halok bo’lganlar soni ortib bormoqda.

Tegishli vakillar Floridada 16 kishining jasadi topilganligini ma’lum qildi.

Dovul tufayli boshqa hududlarga evakuatsiya qilingan minglab aholi esa uylariga qaytish uchun qidiruv-qutqaruv faoliyatlarining yakunlanishini kutmoqda.

Kaliforniyadagi “CoreLogic” agentligi ma’lum qilishicha, "Maykl" dovuli mamlakat hazinasiga 4.5 mlrd dollar moddiy zarar olib kelgan.

“Maykl” dovuli Floridada so’ngi asrda ilk marta kuzatilgan va 1992 yildagi “Andrev” ofatidan keyin AQShni xonavayron qilgan eng shiddatli dovul ekanligi aytilmoqda.

Bundan avval O’rta Amerikaning Honduras, Nikaragua va El Salvador davlatlarida ro’y bergan dovul oqibatida jami 13 kishi halok bo’lgandi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #AQSh , #Maykl dovuli , #Florida

Aloqador xabarlar