Iroqning Kerkuk shahrida portlash ro'y berdi

Iroqning Kerkuk shahrida bomba joylashtirilgan mashinaning portlashi oqibatida 4 kishi yaralandi.

1068325
Iroqning Kerkuk shahrida portlash ro'y berdi

Iroqning Kerkuk shahrida bomba joylashtirilgan mashinaning portlashi oqibatida 4 kishi yaralandi.

Bu voqea Kerkukning Memdude dahasida ro’y bergan.

Ko’chada yo’l chetida to’xtab turgan mashina uzoqdan pult vositasida portlatilgan.

Portlashda 4 kishi jarohat olgan.

Voqea joyiga tez yordam xizmati xodimlari va xavfsizlik kuchlari yetib kelgan.

Yaradorlar Kerkuk davlat shifoxonasiga yotkizilgan.

Hududda ko’plab uy va ishxonalar zarar ko’rgan.

Dahaga kirish va chiqishlar to’sib qo’yilgan.

Kerkukda shu bilan bir hafta ichida ikki marta portlash sodir bo’ldi.

 


Tanlangan kalimalar: #Iroq , #Kerkuk , #portlash

Aloqador xabarlar