TQK, Iroqdagi terror obyektlariga qarshi havo hujumi uyushtirdi

Turk Qurolli kuchlari, Iroqdagi terror obyektlariga qarshi havo hujumi uyushtirdi.

1067880
TQK, Iroqdagi terror obyektlariga qarshi havo hujumi uyushtirdi

Iroqning shimolidagi terroristlarga qarshi uyushtirilgan havo hujumida PKK terror tashkilotiga a’zo 6 terrorist yo’q qilindi.

Turk Qurolli kuchlari Bosh shtab Boshqarmasi tomonidan shu haqida berilgan bayonotga ko’ra Iroqning shimolida joylashgan Zab mintaqasidagi bir guruh terroristning, baza hududlariga qarshi hujum uyushtirish uchun tayyorgarlik ko’rayotganligi aniqlangan.

Ortidan Turk Qurolli kuchlari mintaqadagi obyektlarga qarshi havo hujumi uyushtirgan.

Hujum oqibatida terror tashkilotiga a’zo qurolli 6 terrorist yo’q qilingan.

 



Aloqador xabarlar