Afg'onistonda har oy mina portlashi natijasida 180 kishi jon bermoqda

Afg'onistonda ichki nizoh davridan qolgan minalarning portlashi natijasida qurbonlarning aksariyati bo'lalar bo'lgani bildirdi.

1066719
Afg'onistonda har oy mina portlashi natijasida 180 kishi jon bermoqda

Afg'onistonda har oy mina portlashi natijasida 180 kishi jon bermoqda.

Afg'oniston Mina Tozalash Koordinatsiya markazi rahbari Muhammed Shahab Hakimi, minali maydonlar haqida bir ma'lumot berilmaganiga diqqat qaratib, "Afg'onistondagi maydonlardagi mina va bombalar tufayli har oy o'rtacha 180 kishi hayotini yo'qotmoqda" deb so'zladi.

Afg'oniston mina tozalash koordinatsiya markazining ma'lum qilishicha, ichki nizoh davridan qolgan minalarning portlashi natijasida qurbonlarning aksariyati bo'lalar.

Afg'oniston, mina va portlamagan o'q-dorilar tahdit etgan davlatlar orasida to'rtinchi navbatda.

Afg'oniston Mahalliy Boshqaruv Davlat vaziri Najib Aka Fahim esa Afg'onistonda 2500 km. kvadrat maydonning minadan tozalanganini bildirdi.

Mina tozalash maydonlarida faoliyat olib borgan chet ellik tashkilotlarning dastagi kamayganini ifoda etgan Fahim, o'lkada hamon yuz minglab portlamagan mina va bomba bo'lganiga diqqat qaratdi.

Fahim, "So'ngi 30 yil ichida turli hududlarda 19 million portlamagan mina va bomba topilib bartaraf etilgandir" dedi.

Afg'oniston Nogironlar Sho'rosi rahbari o'rinbosari Beshir Dire ham bombalar, minalar va to'qnashuvlar oqibatida 1 million insonning nogiron bo'lganini bildirdi.



Aloqador xabarlar