Saudiyalik jurnalist tufayli AQSh-Saudiya Arabistoni munosabatlari zarar ko'rishi mumkin

“Agar, saudiyalik vakillarning bunday xatoga yo’l qo’yganligi rost bo’lsa, bu AQSh-Saudiya Arabistoni munosabatlariga jiddiy putur yetkazadi. Nafaqat iqtisodiy jihatdan, balki boshqa jihatlardan ham og’ir jazolarga uchraydi",-dedi Lindsey Graham.

1065818
Saudiyalik jurnalist tufayli AQSh-Saudiya Arabistoni munosabatlari zarar ko'rishi mumkin

AQSh prezidenti Donald Tramp 2 oktyabrda izsiz yo'qolgan saudiyalik muxolifatchi jurnalist Jamol Kashikchining taqdirini hozircha Saudiya Arabistoni hukumati bilan muhokama qilmaganligini, biroq bu masala xususida gaplashishini bildirdi.

Donald Tramp Vashington Post gazetasi muhbiri saudiyalik jurnalist Jamol Kashikchi bilan bog’liq jurnalistlarning savollariga javob berdi.

“Saudiyalik jurnalistning oqibati haqida hech narsa bilmayman. Hozircha bu masala yuzasidan Saudiya Arabistoni vakillari bilan aloqa o’rnatmadim, biroq gaplashmoqchiman”,-deydi u.

Mudofaa vaziri Jim Mattis: “Bu vaziyatni yaqindan kuzatib boryabmiz va tashqi ishlar vazirligi bilan hamkorlikda ish olib boryabmiz”,-dedi.

AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo ham saudiyalik muxolifatchi jurnalist Jamol Kashikchining taqdiridan xavotirda ekanligini ma’lum qilgandi.
“Amerika Qo'shma Shtatlari va Saudiya Arabistoni Kashikchining yo'qolib qolishi bo'yicha vaziyatni diplomatik kanallar orqali muhokama qiladi. Saudiya Arabistoni hukumatini yo'qolib qolgan saudiyalik muxolif jurnalist Jamol Kashikchi bilan bog'liq holatni jiddiy tekshiruvdan o'tkazishga va surishtiruv natijalarining oshkoraligini ta’minlashga chaqiramiz”,-deya xavotirini tilga olgandi Mayk Pompeo.

Shuningdek, AQShda Respublikachi partiyaning muhim a’zolaridan Janubiy Karolina senatori Lindsey Graham Kashikchining taqdiriga munosabatini bildirdi.

“Agar, Saudiya Arabistoni vakillarining bunday xatoga yo’l qo’yganligi rost bo’lsa, bu vaziyat AQSh-Saudiya Arabistoni munosabatlariga jiddiy putur yetkazadi. Qolaversa, nafaqat iqtisodiy jihatdan, balki boshqa jihatlardan ham og’ir jazoga mahkum etilishi xususida hamfikrmiz”,-deb yozadi u Twitterdagi sahifasida.

Saudiyalik islohotchilar uchun muhim platforum bo’lgan Al Vatan gazetasiga katta hissa qo’shgan Jamol Kashikchi Vashington Post gazetasiga maqolalar yozadi. U Saudiya Arabistoni hukumatining bugungi siyosatiga qarshi tanqidiy fikrlari bilan tanilgan. Jamol Kashikchi o’tgan yili o’z vatanidan chiqib ketib, Amerikaga borib joylashgan edi.

Kashikchi 2 oktyabr kuni Saudiya Arabistonining Istanbuldagi konsulxonasiga kelgandan keyin yo’qolib qolgan edi.

 

 



Aloqador xabarlar