Donald Tramp saudiyalik muxolif jurnalist Jamol Kashikchining taqdiridan xavotirda...

“Bu mavzuda xavotirdaman. Umid qilamanki, yaqinda bu masalaga aniqlik kiritiladi. Hozirda hech kim bu haqda hech narsa bilmaydi”,-deydi Donald Tramp.

1065321
Donald Tramp saudiyalik muxolif jurnalist Jamol Kashikchining taqdiridan xavotirda...

AQSh prezidenti Donald Tramp Oq uyda Vashington Post gazetasi muhbiri saudiyalik jurnalist Jamol Kashikchining izsiz bedarak yo’qolganligiga munosabatini bildirdi.

U saudiyalik muxolifatchi jurnalist Jamol Kashikchining Turkiyada izsiz yo'qolishidan xavotirda ekanini ma’lum qildi.

“Bu mavzuda xavotirdaman. Umid qilamanki, yaqinda bu masalaga aniqlik kiritiladi. Hozirda hech kim bu haqda hech narsa bilmaydi”,-deydi Donald Tramp.

Keyinchalik Oq uydan qilingan izohda esa, Trampning so’zlariga “Bu haqda ba’zi yomon xabarlar bor. Bu menga yoqmayabdi”,-deya qo’shimcha kiritildi.

AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo Saudiya Arabistoni hukumatini yo'qolib qolgan saudiyalik muxolif jurnalist Jamol Kashikchi bilan bog'liq holatni jiddiy tekshiruvdan o'tkazishga chaqirdi.

Pompeo, shuningdek, Ar-Riyodni surishtiruv natijalarining oshkoraligini ta’minlashga ham chaqirdi.

Uning so’zlariga ko’ra, Kashikchining qayerda ekani va xavfsizligi bilan bog’liq turli xabarlar bor.

“Amerika Qo'shma Shtatlari va Saudiya Arabistoni Kashikchining yo'qolib qolishi bo'yicha vaziyatni diplomatik kanallar orqali muhokama qildi. Saudiya Arabistoni hukumatini yo'qolib qolgan saudiyalik muxolif jurnalist Jamol Kashikchi bilan bog'liq holatni jiddiy tekshiruvdan o'tkazishga va surishtiruv natijalarining oshkoraligini ta’minlashga chaqiramiz”,-deya xavotirini tilga oladi Mayk Pompeo.

Saudiyalik jurnalist Jamol Kashikchining Saudiya Arabistonining Istanbulda joylashgan bosh konsulxonasida o’ldirilganligi haqidagi iddao AQShda norozilikka sabab bo’lgan edi.

Vashington Post gazetasi bosh muharriri Fred Hiatt: “Jamolning o’ldirilganligi haqidagi xabarlar agar rost bo’lsa, bu juda dahshat va aql bovar qilmaydigan harakatdir”,-dedi.

 



Aloqador xabarlar