Ukrainadagi qurol-aslaha omborida portlash ro’y berdi

Ukraina bosh vaziri Vladimir Groysman Twitterdagi sahifasida Chernigov viloyatida favqulodda vaziyat e’lon qilinganligini ma’lum qildi.

1065109
Ukrainadagi qurol-aslaha omborida portlash ro’y berdi

Ukrainaning Chernigov viloyatining Ichnyansk tumanida joylashgan qurol-aslaha omborida portlash ro’y berdi.

Bu haqda Ukraina harbiy bosh shtabi bayonot berdi.

“Poytaxt Kiyevga 170 km uzoqlikda joylashgan Ichnyansk tumanida portlash ro’y berdi. Dastlab 6-omborda sodir bo’lgan portlash mahalliy vaqt bilan soat 03:30da yuzaga kelgan. Portlashdan so’ng ombor olov ichida qolgan”,-deyiladi bayonotda.

Yong’inni o’chirish uchun voqea joyiga ko’plab o’t o’chirish xizmati xodimlari yetib kelgan.

Yong'in va portlashlar sababli 10 mingdan ortiq kishi evakuatsiya qilingan.

Hozircha halok bo'lganlar va jabrlanganlar haqida ma’lumot yo'q.

Portlashning sababi haqida biron rasmiy ma’lumot berilmagan.

Hodisa joyidan 20 km radiusda parvozlar, temir yo'l va avtomobil transporti harakati to'xtatilgan.

Ukraina bosh vaziri Vladimir Groysman Twitterdagi sahifasida Chernigov viloyatida favqulodda vaziyat e’lon qilinganligini ma’lum qildi.

Yong'inni o'chirish uchun tezkor shtab tashkil qilinganligini va uning o’zi ham voqea joyiga yetib borishini yozgan.

Eslatma: 2017 yilda ham mamlakatning eng yirik qurol-aslaha omborlari joylashgan Xarkov va Vinnitsa viloyatlarida portlash ro’y bergan edi. Portlashda minglab tonna qurol yo’q bo’lgan edi.

 



Aloqador xabarlar