Isroil armiyasi G'azoga hujum uyushtirdi

G’azodagi Falastin Soglikni saqlash vazirligi Isroil armiyasining G'azoga hujum uyushtirganligini ma'lum qildi.

1063008
Isroil armiyasi G'azoga hujum uyushtirdi

G’azodagi Falastin Soglikni saqlash vazirligi Isroil armiyasining chegaraga yaqin bir nuqtada joylashgan tibbiy markazni nishonga olganligini ma’lum qildi.

Falastin Soglikni saqlash vazirligi voizi Ashraf al-Kudra G’azo sektorining janubiy-sharqidagi Huza qishlog’ida, chegeraga yaqin nuqtada joylashgan va tibbiy xizmat bergan chodirlardan birining Isroil armiyasi tomonidan nishonga olinganligini qayd etdi.  

Hujumning qanday amalga oshirilganligi haqida batafsil ma’lumot berilmagan bayonotda, nishonga olingan tibbiy markazga ziyon yetkazilganligini ifoda etdi.

Bayonotda shuningdek, hujum oqibatida jon bergan yoki tan jarohati olganlar yoki olmaganlar haqida ham hech qanday ma’lumot berilmagan.

Soglikni saqlash vazirligi, “Buyuk qaytish” norozilik aktsiyasiga Isroilning aralashuvi natijasida tan jarohati olgan falastinliklar uchun chegaraga yaqin nuqtalarda, sahro kasalxonalarining kichigi desa bo’ladigan chodirlar tashkil etgan edilar.  

Falastinliklar shu yilning 30-martidan beri qurshov ostidagi G’azo sektorining Isroil chegarasida “Buyuk qaytish” nomi ostida norozilik aktsiyasi uyushtirmoqda.

Isroil askarlari esa, “badarg’a qilingan tuproqlariga qaytishni va 2006-yildan beri noqonuniy ravishda bosib olingan G’azoning ozod etilishini” talab qilgan tinch aholiga haqiqiy o’qlar orqali o’q uzmoqdalar.

 



Aloqador xabarlar