Pentagonga shubhali konvert yuborilganligi aniqlandi

Bu haqda Pentagon kotibi polkovnik Rob Manning yozma bayonot berdi.

1061297
Pentagonga shubhali konvert yuborilganligi aniqlandi

Pentagonga shubhali konvert yuborilganligi aniqlandi.

Bu haqda Pentagon kotibi polkovnik Rob Manning yozma bayonot berdi.

“Dushanba kuni AQShda davlatning birinchi shaxslarini qo'riqlashdan mas’ul bo'lgan maxfiy xizmat shubhali konvertni aniqladi. Konvert tekshiruvdan o’tkazish maqsadida bugun tongda FBI (Federal tergov byurosi) tomonidan olib ketilgan”,-deyiladi bayonotda.

Uning so’zlariga ko’ra, kecha AQSh pochta xizmati orqali Pentagonga yuborilgan barcha konvertlar karantinaga olingan.

Pentagonning yuqori martabali vakilining aytishicha, shubhali modda solingan konvertlarning soni shu bilan ikkita bo’ldi.

“Dastlabki analizlar konvertlar ichida ritsin degan zaharli modda borligini ko’rsatadi”,-deydi u.

 


 


Tanlangan kalimalar: #Pentagon , #shubhali konvert , #AQSh , #FBI

Aloqador xabarlar