Eron prezidentining birinchi o’rinbosari xalqdan uzr so'radi

“Eronga ruhiy tazyiq o’tkazilmoqda. Ba’zilari esa, bu tazyiqdan foydalanishga harakat qilmoqda. Ba’zi kamchiliklar va muammolar tufayli xalqimizdan uzr so’rayman”,-deb aytgan Ishak Jahongiriy.

1060659
Eron prezidentining birinchi o’rinbosari xalqdan uzr so'radi

Eron prezidentining birinchi o’rinbosari Ishak Jahongiriy mamlakatda yuzaga kelgan muammolar tufayli uzr so’radi.

Eronlik talabalar agentligi ma’lum qilishicha, Ishak Jahongiriy poytaxt Tehronda mamlakat miqyosida 1700 maktabning ochilishi munosabati bilan tashkil qilingan tadbirda so’zga chiqdi.

“Eronga ruhiy tazyiq o’tkazilmoqda. Ba’zilari esa, bu tazyiqdan foydalanishga harakat qilmoqda. Ba’zi kamchiliklar va muammolar tufayli xalqimizdan uzr so’rayman”,-deb aytgan Ishak Jahongiriy.

Uning ta’kidlashicha, Eronda xalq uchun sharoitlar qiyinlashgan. Bu qiyinchiliklarning bir qismi AQShning sanksiyalari tufayli yuzaga kelgan.

Islohotchilarga yaqinligi bilan bilingan Ishak Jahongiriy mamlakatda ro’y bergan muammolarning bir qismi to’g’ri reja tuzilmaganidan kelib chiqqanligiga e’tibor qaratdi. Uning fikricha, to’g’ri reja va dastur ishlab chiqilgan taqdirdagina muammolarni bartaraf etish mumkin.

Hozirda Eronda iqtisodiy taqchillik ijtimoiy muammolarga sabab bo’lmoqda. Mahalliy aholi mamlakatda boshqaruv muammosi borligini ilgari surmoqda. Hukumat esa, AQSh va g’arb davlatlarini inqirozdan mas’ul deb topmoqda.

 


Tanlangan kalimalar: #Eron , #AQSh , #Ishak Jahongiriy , #Tehron

Aloqador xabarlar