Eronda tabiiy gaz quvurida portlash ro’y berdi

Portlashdan so’ng, xavfsizlik chora-tadbirlari tufayli atrofdagi aholi evakuatsiya qilingan.

1060565
Eronda tabiiy gaz quvurida portlash ro’y berdi

Eronning janubi g’arbida joylashgan Huziston viloyatidagi tabiiy gaz quvurida portlash ro’y berdi.

Davlat televideniyesining xabariga ko’ra, Huzistonning Bog’ Malik tumani yaqinlarida Huziston-Isfaxon tabiiy gaz quvurida kuchli portlash sodir bo’lgan.

Portlashdan so’ng, xavfsizlik chora-tadbirlari tufayli atrofdagi aholi evakuatsiya qilingan.

Voqea sabablari tekshirilmoqda.

Eslatma: Huziston viloyatiga qarashli Ahvoz tumani 22 sentyabr kuni Eron-Iroq urushining 38 yilligi munosabati bilan o’tkazilayotgan harbiy paradda terrorchilik harakati sodir etilgan edi.

Otishmalarda 25 kishi halok bo’lgandi, 69 kishi yaralangandi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Eron , #tabiiy gaz quvuri , #portlash

Aloqador xabarlar