Indoneziyadagi falokatda halok bo'lganlar soni 832 kishiga yetdi

Mamlakat prezidenti Joko Vidodo qidiruv va qutqaruv faoliyatlariga yordam berish maqsadida hududga harbiy brigada safarbar etilishiga buyruq berdi.

1059289
Indoneziyadagi falokatda halok bo'lganlar soni 832 kishiga yetdi
endonezya deprem3.jpg
endonezya deprem2.jpg
endonezya deprem1.jpg

Indoneziyadagi Sulavesi orolida yuz bergan zilzila va tsunami falokati oqibatida halok bo'lganlar soni 832 kishiga yetdi.

Bu haqda mahalliy Kompas telekanali Tabiiy ofatlarga qarshi kurashish bo'yicha milliy agentlik (BNPB) ma’lumotiga asoslangan holda xabar bermoqda.

Manbaning aytishicha, hozirda faqat Palu shahridagi talofatlar ma`lum. Telekanalda aytilishicha, yetib borish qiyin bo'lgan Donggala hududida yana qurbonlar bo'lishi mumkin. Hududda yuz bergan tuproq ko’chkisi tufayli u yerga yetib borish amri mahol.

Elektr simlari uzilgan, yoqilg’i, oziq-ovqat va toza ichimlik suvi tanqisligi boshlangan.

Mahalliy aholining aytishicha, 29 kishi bedarak yo’qolgan, shuning uchun halok bo'lganlar soni yanada ortishi mumkin. Taxminan 17 ming kishi evakuatsiya qilingan.

Mamlakat prezidenti Joko Vidodo qidiruv va qutqaruv faoliyatlariga yordam berish maqsadida hududga harbiy brigada safarbar etilishiga buyruq berdi. Zilzilaga qarshi kurashda tegishli barcha idoralarni safarbarlikka chorlash maqsadida hududda favqulodda vaziyat e’lon qilingandi.

Eslatma: Juma kuni Sulavesi oroli qirg'og'iga yaqin joyda 6,1 balli zilzila qayd etildi. Keyinroq Palu shahriga 2 metr balandlikdagi tsunami yopirildi. Buning ortidan hududda 7,4 balli zilzila bo'lib o'tdi.

 


Tanlangan kalimalar: #Indoneziya , #Sulavesi oroli , #tsunami , #zilzila

Aloqador xabarlar