Malidagi qabilalar o’rtasida yuz bergan to’qnashuvda 27 kishi jon berdi

Afrikadagi Mali shimolida, Tuareglar yashagan Inekar qishlog’ida qabilalar o’rtasida yuz bergan to’qnashuv yuz berdi.

1058782
Malidagi qabilalar o’rtasida yuz bergan to’qnashuvda 27 kishi jon berdi

Afrikadagi Mali shimolida, Tuareglar yashagan Inekar qishlog’ida qabilalar o’rtasida yuz bergan to’qnashuvda 27 kishi jon berdi.

Xavfsizlik tarmog’i vazirligidan olingan shu haqidagi ma’lumotga ko’ra Nigeriya chegarasidagi Menaka shariga qarashli Inekar qishlog’ida avval “Tuareglarga qarshi uyushtirilgan hujum” deya e’lon qilingan ma’lumotning aslida ichki to’qnashuv ekanligi qayd etildi.   

Voqeada 27 kishi jon berar ekan bir kishi tan jarohati olgan.

Mintaqaga tinchlikni o’rnatish uchun xavfsizlik kuchlarining yuborilganligi ham ifoda etildi.

Mahalliy rasmiylar bu haqida avval bergan bayonotida, mototsiklchan bir guruhning qishloqqa qurol va granatalar orqali hujum qilganligini, 12 kishining esa jon berganligini ma’lum qilgan edi.

Mintaqada bu yilgi ijtimoiy hujumlarda ko’pchiligi fulon va tuerag qabilalariga mansub 200 kishi o’ldirldi.

Tuareglar eng ko’p Liviya, Mali, Nigeriya va Burkina Fasoda umr surmoqda.  

Afrikaning eng yirik va qadimiy qabilalaridan biri bo’lgan Tuereglarning sonining 3.5 million ekanligi tahmin qilinmoqda.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Afrika , #Mali , #Tuareglar

Aloqador xabarlar