Saudiya Arabistonida Makka va Madina shaharlari o’rtasida tez yurar poyezd ishga tushdi

Sanoat hududlari, aeroport va shahar markazlaridan o’tadigan tez yurar poyezd avtobusda 4 soat davom etadigan masofani soatiga 300 km tezlik bilan 1 soat 20 daqiqada bosib o’tadi.

1056909
Saudiya Arabistonida Makka va Madina shaharlari o’rtasida tez yurar poyezd ishga tushdi

Saudiya Arabistonida Makka va Madina shaharlari o’rtasida tez yurar poyezd ishga tushdi.

Shu bilan ikki shahar oralig’idagi masofa taxminan 1 soatga kamaydi.

Aytish joizki, Saudiya Arabistonida Yaqin sharqning eng yirik loyihasi bo’lmish Harameyn tez yurar poyezd xizmati haj amalini ado etish uchun borgan hojilarga qulaylik yaratadi.

“Jidda shahrida Harameyn tez yurar poyezd liniyasining ochilishini amalga oshirgan Qirol Salmon bin Abdulaziz yangi tez yurar poyezdda Madina shahriga keldi”,-deb yozadi rasmiy SPA xabar agentligi.

Saudiya Arabistoni transport vaziri Nebil bin Muhammad Al-Amudi muqaddas haj ziyoratiga kelganlarga va qolaversa xalqqa xizmat beradigan Harameyn tez yurar poyezdining ochilishini e’lon qilishdan baxtiyor ekanligini ta’kidladi.

“Harameyn tez yurar poyezdi Makka, Jidda, Qirol Abdulloh iqtisod shahri, “Qirol Abdulaziz” nomidagi xalqaro aeroport va Madina shaharlari bo’lib, jami 5 ta bekatda to’xtaydi”,-dedi transport vaziri Nebil bin Muhammad Al-Amudi.

Uning so’zlariga ko’ra, Makka va Madina o’rtasidagi poyezd liniyasining uzunligi 450 kmni tashkil qilgan bo’lib, yilda 60 mln yo’lovchiga xizmat beradi.

Sanoat hududlari, aeroport va shahar markazlaridan o’tadigan tez yurar poyezd avtobusda 4 soat davom etadigan masofani soatiga 300 km tezlik bilan 1 soat 20 daqiqada bosib o’tadi.

Birinchi bekat Makka va oxirgi bekat Madina stansiyalari bo’ladi.

Chodir me’morligi ko’rinishida bo’lgan stansiyalar Makkada sariq rangda, Madinada yashil rangda va Jiddada esa, kulrang rangda bo’ladi.

Eslatma: Saudiya Arabistoni o’tgan yili 2 mln 400 mingga yaqin hoji va umraga kelgan taxminan 7 mln kishiga mezbonlik qildi.

 



Aloqador xabarlar