Afg’onistonda joriy yilning dastlabki 6 oyida 149 kishi aviazarbalarda halok bo’ldi

BMT Afg’oniston gumanitar yordam missiyasi ma’lum qilishicha, 2018 yilning dastlabki 6 oyida sodir etilgan aviazarbalarda 204 kishi jarohatlangan.

1056616
Afg’onistonda joriy yilning dastlabki 6 oyida 149 kishi aviazarbalarda halok bo’ldi

Afg’onistonda joriy yilning dastlabki 6 oyi mobaynida sodir etilgan aviazarbalarda jami 149 kishi halok bo’ldi.

BMT Afg’oniston gumanitar yordam missiyasi ma’lum qilishicha, 2018 yilning dastlabki 6 oyida sodir etilgan aviazarbalarda 204 kishi jarohatlangan. Halok bo’lganlarning aksariyati ayollar va yosh bolalardan iborat.

Aviazarbalardan asosan tashqi kuchlar aybdor ekanligi qayd etilgan.

Oxirgi marta 3 kun avval mamlakatning Kapisa viloyatida sodir etilgan aviazarbada 9 kishi halok bo’ldi.

2009 yildan e’tiboran mamlakatda tinch aholi o’limlarini qaydga olgan BMT bu raqamning o’tgan davrdan beri eng katta yo’qotish ekanligini ma’lum qildi.

 


Tanlangan kalimalar: #Afg'oniston , #BMT , #aviazarba

Aloqador xabarlar