Moldova prezidenti vaqtinchalik o’z lavozimidan chetlatildi

Moldova Konstitutsion sudi bosh vazir Pavel Filip tomonidan ikki vazirlikka nomi taklif qilingan vakillarni tasdiqlashdan bosh tortgani sababli prezident Igor Dodonni vaqtinchalik o'z vazifalarini bajarishdan chetlatdi.

1055685
Moldova prezidenti vaqtinchalik o’z lavozimidan chetlatildi

Moldova prezidenti vaqtinchalik o’z lavozimidan chetlatildi.

Mahalliy matbuotda tarqatilgan xabarlarga ko’ra, Moldova Konstitutsion sudi bosh vazir Pavel Filip tomonidan ikki vazirlikka nomi taklif qilingan vakillarni tasdiqlashdan bosh tortgani sababli prezident Igor Dodonni vaqtinchalik o'z vazifalarini bajarishdan chetlatdi.

Bu qaror hukumat a’zosi bo’lgan Demokratik partiya deputatlarining Konstitutsion sudga murojaati bo'yicha qabul qilindi.

Sud qaroriga binoan, prezident vazifalari vaqtinchalik parlament raisiga topshirildi.

Prezident Igor Dodon esa, qarorga e’tiroz bildirdi.

Dobon vazirliklarga taklif qilingan vakillarning belgilangan talablarga mos emasligi tufayli tasdiqlashni qabul qilmaganligini ma’lum qildi.

“Konstitutsion sudyalarining professionalligi va mustaqilligi shubha uyg’otadi”,-dedi prezident Dobon.

Eslatma: Dobonning vazifalari 2017 va 2018 yilda hukumat va bosh vazir Filip tomonidan taklif qilingan vakillarni vazir etib tayinlashdan bosh tortganligi tufayli 3 marta to’xtatilgan edi.

 



Aloqador xabarlar