Afg'oniston shimolida terrorchilik harakati sodir bo'ldi

Afg'onistonning shimoliy hududida mina portlashi oqibatida kamida yetti nafar bola nobud bo'lgan, yana besh nafari jiddiy jarohat olgan.

1054645
Afg'oniston shimolida terrorchilik harakati sodir bo'ldi

Afg'onistonning shimoliy hududida mina portlashi oqibatida kamida yetti nafar bola nobud bo'lgan, yana besh nafari jiddiy jarohat olgan.

Ushbu fojia mamlakat shimolidagi Faryob viloyatining Shirin Tegab tumanida kecha tunda ro’y bergan.

Taxminlarga ko'ra, jangarilarning maqsadi huquq-tartibot organlari xodimlarini o’ldirish bo'lgan, lekin buning o'rniga bolalar minada portlab ketishdi.

Ma`lumotlarga ko'ra, yaralangan ikki bola og'ir ahvolda. Bolalarning yoshi 5 va 12 yosh atrofida ekanligi aytilmoqda.

Qurbonlar sonining ortishidan tashvish qilinmoqda.

Mamlakat politsiyasi ma’lum qilishicha, terakt “Tolibon” terrorchilik harakati a’zolari tomonidan uyushtirilgan, ammo jangarilar mas’uliyatni o'z zimmalariga olmagan.

 



Aloqador xabarlar