Suriya havo mudofaa tizimi Rossiyaning Il-20 samolyotini nishonga oldi

Rossiya mudofaa vazirligi, Suriyaga oid S-200 havo mudofaa tizimi tomonidan nishonga olinganini ma'lum qildi.

1051773
Suriya havo mudofaa tizimi Rossiyaning Il-20 samolyotini nishonga oldi

Rossiya mudofaa vazirligi, kuni kecha Suriyada yo'qolgan harbiy samolyotining Isroil hujumlari natijasida Suriyaga oid S-200 havo mudofaa tizimi tomonidan nishonga olinganini ma'lum qildi.

Vazirlikdan berilgan bayonotga ko'ra, kuni kecha Hmeymim bazasi yaqinlarida 14 nafar askari bilan radardan chiqgan Il-20 samolyotini Suriya qo'shiniga oid S-200 havo mudofaa tizimi orqali urib tushirilgani bildirildi.

Bayonotga ko'ra, Isroillik uchuvchilar samolyotni Suriya havo bazasi bo'lgan hududga tortib qolqon sifatida foydalangan.

Rossiya mudofaa vazirligi voizi Igor Konashenkov, "Il-20 samolyoti S-200 tizimi tomonidan urilgandir" dedi.

Konashenkov, "Isroilning bu jig gijlovchi harakatni dushmanlik deb baholaymiz. Isroil askarlarining mas'uliyatsizligi tufayli 14 nafar Rus askari qurbon bo'ldi. Bu Rossiya-Isroil aloqalariga zid" deb so'zladi.

Rossiya mudofaa vazirligi bundan avval, ichida 14 askar bo'lgan Il-20 model Rus samolyotining Suriyadagi Hmeymim bazasiga qaytishida O'rtayer dengizida radardan chiqganini bildirgan edi.

Bayonotda, samolyotning, Isroilga oid F-16 harbiy samolyotining Suriyaning Lazkiya shahrida uyushtirgan hujumi paytida yo'qolgani bildirilgan edi.



Aloqador xabarlar